Chiqilmoqda...

Maxfiylik siyosati

O'zR "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi ZRU-547-son Qonuniga muvofiq. Oxirgi yangilanish: 11.10.2026.

Biz faqat xizmat ishlashi, xavfsizlik va qonun talablari uchun zarur ma'lumotlarni yig'amiz. Ushbu siyosat nimani, nima uchun, qayerda va qancha muddat saqlashimizni hamda sizning huquqlaringizni tushuntiradi.
1. Ma'lumotlar egasi va operatori

Shaxsiy ma'lumotlar bazasining egasi va operatori — Adolfjon.uz platformasini yurituvchi sotuvchi:

2. Biz qanday ma'lumotlarni yig'amiz?
ToifaMa'lumotlarManba
HisobFoydalanuvchi nomi (nickname), email (ixtiyoriy), parol (faqat qaytarib bo'lmaydigan hash holida), public ID, til va valyuta tanlovi, ro'yxatdan o'tish sanasi, tarif, XP va balans, referal kodi va sizni taklif qilgan foydalanuvchi.Siz / avtomatik
Profil (ixtiyoriy)Avatar, bio, status, ijtimoiy tarmoq havolalari (Telegram, Discord, Steam, YouTube, Twitch), profil bezaklari va maxfiylik sozlamalari.Siz kiritasiz
IdentifikatsiyaGoogle ID, Discord ID, Telegram ID (shu orqali kirsangiz yoki ulasangiz), 2FA kaliti (yoqsangiz).OAuth / bot
Texnik (tarmoq)IP manzil, brauzer turi va versiyasi (User-Agent), sessiya identifikatori, oxirgi kirish va faollik vaqti.Avtomatik
Qurilma iziEkran o'lchami va rang chuqurligi, vaqt mintaqasi, videokarta (GPU) modeli, protsessor yadrolari soni, canvas izi — bularning birlashmasidan qurilma identifikatori (_dfp) hosil qilinadi.Brauzer
Dastur (loader)Qurilmaning apparat identifikatori (HWID) xeshi, IP, User-Agent, ekran o'lchami, Windows versiyasi, dastur versiyasi va dastur ishlatilgan Steam hisob ID(lar)i.Dastur
Boost xizmati (foydalansangiz)Steam login nomi, SteamID64, Steam kirish ma'lumotlari (AES-256-GCM bilan shifrlangan), tanlangan o'yinlar, status matni va xizmat statistikasi.Siz / Steam
To'lovTo'lov usuli (HUMO/UZCARD/VISA/Telegram Stars/Telegram Gifts/balans/XP), summa, buyurtma raqami va holati, balans tranzaksiyalari, kartaga o'tkazma bo'yicha bank bildirishnomasi (summa, vaqt, kartaning oxirgi raqamlari), to'lov tasdig'i (adminga yuborsangiz). Karta raqamlarini saqlamaymiz.Siz / bank
Do'kon faoliyatiSavat, sevimlilar, ko'rilgan mahsulotlar, sharhlar, buyurtma chatidagi xabarlar va fayllar.Siz / avtomatik
YordamTikketlar, ulardagi xabarlar va biriktirilgan fayllar, foydalanuvchi shikoyatlari.Siz kiritasiz
JurnallarKirish tarixi va urinishlari, token urinishlari, xavfsizlik hodisalari, honeypot loglari, IP reputatsiyasi, API kalitlari va so'rovlar jurnali, ma'muriyat amallari jurnali, reklama ko'rsatilishi va bosilishi (LITE).Avtomatik
3. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz?
  • Hisob, litsenziya, kirish huquqi va sessiyani yuritish;
  • Buyurtmalarni bajarish, to'lov va pul qaytarishlarni rasmiylashtirish;
  • Boost xizmatini sizning nomingizdan Steam'ga ulanib ko'rsatish;
  • Xavfsizlik, firibgarlik va ko'p hisobli suiiste'molni aniqlash hamda oldini olish;
  • Texnik yordam ko'rsatish va bildirishnomalar yuborish;
  • Xizmat sifatini va barqarorligini yaxshilash;
  • Qonun talablarini bajarish (rasmiy so'rovlarga javob berish).
4. Ishlov berishning huquqiy asoslari va rozilik
  • Rozilik — ro'yxatdan o'tishda Foydalanish shartlari va ushbu siyosatni qabul qilib, siz shu yerda ko'rsatilgan ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik bildirasiz;
  • Shartnomani bajarish — xizmat ko'rsatish uchun (hisob, to'lov, litsenziya);
  • Qonuniy manfaat — xavfsizlik, firibgarlikning oldini olish;
  • Qonun talabi — saqlash va oshkor qilish majburiyatlari.
Parol xavfsizligi — muhim ogohlantirish:
  • Biz parolingizni hech qachon ochiq holda saqlamaymiz — faqat orqaga qaytarib bo'lmaydigan hash sifatida.
  • Ro'yxatdan o'tishda boshqa saytlarda ishlatmagan, yangi va noyob parol tanlang.
  • Parolni qayta-qayta yoki shubhali sahifalarga kiritmang. Ketma-ket xato urinishlar hisobni vaqtincha bloklaydi.
  • Biz hech qachon Telegram, email yoki chat orqali parolingizni so'ramaymiz — bunday so'rov firibgarlik (fishing).
5. Uchinchi tomonlar va chet elga uzatish
Kafolat: Biz shaxsiy ma'lumotlaringizni hech qachon sotmaymiz.

Faqat xizmat ishlashi uchun zarur provayderlar bilan, zarur hajmda ulashamiz:

  • Xosting provayderi — serverlar;
  • Cloudflare Turnstile / Google reCAPTCHA — botlardan himoya (ro'yxatdan o'tish va kirishda);
  • Google, Discord, Telegram — agar shu xizmatlar orqali kirsangiz yoki ulasangiz; Telegram bot — bildirishnomalar;
  • Valve (Steam) — Boost xizmati ishlashi uchun Steam serverlariga ulanish;
  • YouTube — sahifalardagi videolar (youtube-nocookie);
  • Banklar va Telegram (Stars) — to'lovni amalga oshirish va qaytarish;
  • Davlat organlari — faqat qonuniy talab (sud qarori yoki rasmiy so'rov) bo'lganda.

Ushbu xorijiy xizmatlar ma'lumotlarning bir qismini (masalan, IP, brauzer ma'lumotlari, OAuth ID) O'zbekistondan tashqarida qayta ishlashi mumkin — faqat yuqoridagi maqsadlar uchun. Shartlarni qabul qilish orqali siz bunga rozilik bildirasiz.

6. Saqlash muddatlari
Ma'lumotMuddat
Hisob, profil, dastur jurnallariHisob faol bo'lguncha; o'chirish so'ralganda 30 kun ichida o'chiriladi
Kirish tarixi, faollik, API, XP, honeypot, ma'muriyat jurnallari, reklama statistikasi30 kun
Xavfsizlik hodisalari30 kun (jiddiylari — hal bo'lguncha)
Kirish urinishlari, yopilgan sessiyalar7 kun
Qurilma iziOxirgi ko'rilgandan 180 kun
Boost uchun Steam ma'lumotlariSteam hisobini uzguningizcha (uzilganda o'chiriladi)
To'lov, buyurtma va balans yozuvlariSoliq va buxgalteriya talablari muddatida
7. Xavfsizlik choralari
  • Parollar qaytarib bo'lmaydigan hash sifatida saqlanadi;
  • Steam kirish ma'lumotlari AES-256-GCM bilan shifrlanadi;
  • Barcha aloqa HTTPS (shifrlangan) orqali;
  • CSRF himoyasi, rate-limiting, honeypot va qurilma izi orqali firibgarlikka qarshi himoya;
  • Ma'lumotlarga kirish cheklangan va jurnallashtiriladi.
8. Sizning huquqlaringiz (ZRU-547)
  • O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlar va ularga qanday ishlov berilishini bilish;
  • Noto'g'ri ma'lumotni tuzatishni talab qilish;
  • Hisobni va ma'lumotlarni o'chirishni so'rash;
  • Berilgan rozilikni qaytarib olish;
  • Vakolatli davlat organiga shikoyat qilish.

Bu huquqlardan foydalanish uchun tikket oching yoki yuqoridagi aloqa kanallariga yozing. So'rovlarga 10 ish kuni ichida javob beramiz.

9. Cookie va o'zgarishlar

Cookie'lar bo'yicha to'liq ma'lumot — Cookie siyosati bo'limida. Ushbu siyosat yangilanishi mumkin; muhim o'zgarishlar haqida platformada xabar beriladi.


© 2026 Adolfjon.uz — Barcha huquqlar himoyalangan
Yangilangan: 11.10.2026