Chiqilmoqda...
Yangiliklar

Yangiliklar

4 Yangiliklar

30.06.2026
adolfjon
Admin
Ma'lumot 30.06.2026 10:48
Adolfjon Lite
Ko'pchilik Lite dasturi qotib qolayotgani va oddiyroq qurilmalarda muammolar chiqayotgani haqida yozmoqda. Bu holat 2-iyundan boshlanganini hammamiz bilamiz. Vaqt o'tishi bilan bu muammolar bartaraf etiladi va dastur VIP versiyasidek silliq ishlaydigan bo'ladi — buning uchun biroz sabr kerak. Hozircha Lite ustidan to'liq nazorat (Control) yo'q, kunlik foydalanuvchilar soni ham aniq emas. 30-mayda tekshirganimda ko'rsatkich kuniga ~3 400 kishi edi, qotishlar tufayli bu raqam ancha tushib ketgan bo'lishi mumkin. Dastur offline ishlay olganligi sabab Xitoydan ham muammosiz ishlatayotganlar bor. Oxirida shuni aytmoqchimanki — bir necha ming dollar uchun ham virus yoki miner o'rnatmayman. Loyiha ishga tushganidan beri birorta jiddiy muammo bo'lmagan.

09.06.2026
Video qo'llanma: Saytga ro'yxatdan o'tishdan dasturni ishga tushirishgacha — barchasi ko'rsatildi
adolfjon
Admin
Yangilanish 09.06.2026 22:48
Video qo'llanma: Saytga ro'yxatdan o'tishdan dasturni ishga tushirishgacha — barchasi ko'rsatildi
Saytdan foydalanish bo'yicha to'liq video qo'llanma yozib olindi. Videoda hech narsa o'tkazib yuborilmagan — saytda ro'yxatdan o'tishdan boshlab, VIP xarid qilish, dasturni yuklab olish va uni to'liq ishga tushirishgacha har bir qadam ekranda ko'rsatilgan. Ilgari ko'p savol kelardi: qayerdan yuklab olish kerak, qanday sozlash kerak. Endi hammasi bir videoda, izohlar bilan, bosqichma-bosqich.

05.06.2026
adolfjon
Admin
Yangilanish 05.06.2026 19:36
Yangilanish - VIP
Bugun bir qator muhim tuzatishlar va yangi imkoniyatlar qo'shildi. Radar — ba'zi qurilmalarda dastur o'chib ketishi muammosi bartaraf qilindi. Triggerbot — o'lik dushmanlar e'tiborsiz qoldiriladi, kechikish tuzatildi. Yangi hitzone filter: bosh, tana yoki oyoq — istalgan zonani tanlash mumkin. SSG08 — yerda turgan paytda spread tekshiruvi o'chirildi, faqat havoda ishlaydi. C4 belgisi — uzoq masofada belgi katta ko'rinish xatosi tuzatildi. Menyu ochiq paytda barcha tugmalar va hotkey'lar ishlamaydi. Mouse1 ni hotkey sifatida bog'lab bo'lmaydi. RCS (recoil control) to'liq qayta yozildi. Pastga tortish endi to'g'ri va silliq ishlaydi. X va Y kuchini alohida sozlash, uzoq masofada avtomatik kamaytirish va o'q otib bo'lgach nishonni boshlang'ich holatga qaytarish imkoniyatlari qo'shildi.

02.06.2026
CS2 Yangilanishi sababli texnik ishlar boshlandi
adolfjon
Admin
Yangilanish 02.06.2026 08:28
CS2 Yangilanishi sababli texnik ishlar boshlandi
Hurmatli foydalanuvchilar, CS2 tomonidan chiqarilgan so‘nggi yangilanish sababli dasturlarimiz hozirda moslashtirish va yangilash jarayonida. Shu sababli ayrim funksiyalar vaqtincha ishlamasligi mumkin. Yangilanishlarni imkon qadar tezroq yakunlash ustida ishlamoqda. Barcha tizimlar to‘liq tayyor bo‘lgach, bu haqda rasmiy e’lon beramiz. Sabr-toqatingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat