Chiqilmoqda...

Xavfsizlik

Hisobingiz, balansingiz va Steam akkauntingiz qanday himoyalanadi va o'zingiz nimaga e'tibor berishingiz kerak.

Biz nima qilamiz
  • Sayt faqat HTTPS orqali ishlaydi, HSTS yoqilgan.
  • Parollar ochiq holda saqlanmaydi: ular Argon2id bilan xeshlanadi.
  • Kirish uchun passkey (barmoq izi, Face ID), Telegram yoki Google'dan foydalanishingiz mumkin.
  • Faol seanslarni Sozlamalar → Xavfsizlik bo'limida ko'rib, hammasidan chiqishingiz mumkin.
  • Balansni to'ldirishda sayt karta raqami, amal qilish muddati yoki SMS kodni so'ramaydi.
Hech qachon so'ramaymiz

Admin va qo'llab-quvvatlash xizmati sizdan hech qachon quyidagilarni so'ramaydi: sayt yoki Steam paroli, Steam Guard kodi, SMS kod, karta CVV kodi. Kimdir admin nomidan shularni so'rasa, bu firibgar. Rasmiy admin: @adolfjon.

Rasmiy manzillar
  • Sayt: adolfjon.uz, dasturchilar uchun API: dev.adolfjon.uz
  • Telegram bot: @adolfjon_bot, kanal: t.me/adolfjonofficial
  • Boshqa domenlar va boshqa botlar rasmiy emas. Havolani bosishdan oldin manzilni tekshiring.
API kalitlari

API kalitingizni hech kimga bermang va kodga ochiq joylamang. Dashboardda IP cheklovini yoqing. Kalit oshkor bo'lsa, uni darhol bekor qiling yoki yangilang.

Zaiflik topdingizmi?

Xavfsizlik muammosini topsangiz, uni ommaga chiqarmasdan oldin bizga yozing: @adolfjon yoki murojaat. Boshqa foydalanuvchilarning ma'lumotlariga tegmang va xizmat ishini buzmang. Har bir xabarni ko'rib chiqamiz.


© 2026 Adolfjon.uz — Barcha huquqlar himoyalangan
Yangilangan: 11.10.2026